AsosiyDunyo

Qozog`istonning Temirtau shahridagi asosiy suv ta`minoti muzlab qoldi

'Qozog`istonning Temirtau shahridagi asosiy suv ta`minoti muzlab qoldi'ning rasmi

Qozog`istonning Temirtau shahridagi asosiy suv ta`minoti tizimi anomal sovuq sabab muzlab qoldi. 

Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, shaharning sharqiy qismi ichimlik suvisiz qolgan. Ta`mirlash brigadalari quvurlarni isitishga harakat qilmoqda. 

Quvurning 20 metrga yaqin qismi muzlab qolgan.

Fotosuratda isitish magistralidagi kuchlanishning oqibatlari ko`rsatilgan.

Oxirgi kunlarda Qozog`istonda kuzatilayotgan g`ayritabiiy sovuq sabab kommunal xizmatlarda ham turli avariyalar sodir bo`lmoqda. Xususan, 9 dekabr kuni tunda Balxash va Aqtau shaharlarida issiqlik ta`minoti tarmoqlaridagi uzilishlar tufayli ayrim uylar issiqliksiz qolgan, Atirauda esa muzlama sabab suv olish inshootlari to`xtab qolgan va uylarga suv etkazib berishda muammolar yuzaga kelgan.

Shuningdek, Ekibastuz IESda kul quvurida ham nosozlik kuzatilgan. Oqibatda, issiq suv qozon sexi va qozon nasos stansiyasi suv ostida qolgan.

    Boshqa yangiliklar