AsosiySalomatlik

“Uch oyda 10 kiloga semirdim”

–  Tarozu raqamlariga qarab, ichimga g`ulg`ula tushdi, qanday qilib bu tariqa semirishim mumkin? To`g`ri, so`nggi paytlarda odatdagidan ko`proq tanovul qila boshladim, chunki haddan ortiq asabiylashayotgandim. Ammo uch oy davomida o`n kilogrammga to`lishish biror kasallik belgisi emasmi? Ehtimol biror tahlil topshirishim kerakdir? 

Savol «SMS» orqali kelgan 

Savolga oliy toifali shifokor endokrinolog  Dilfuza ORTIQOVA javob beradi:

–  Aslini olganda semirishning sabablari ko`p. Savolingiz mazmunidan, to`lishish asabiylashish holatlari orta boshlaganidan so`ng kelib chiqqan deb tushundim. Stress vaqtida buyrak usti bezi kortizol moddasini ishlab chiqara boshlaydi, u esa o`z navbatida tana vaznining ortishini keltirib chiqaradi. Sizdagi o`zgarishlar asabiylik bilan bog`liq bo`lsa ham, mutaxassis ko`rigi foydadan holi bo`lmaydi. Shifokor tavsiyasi bilan qondagi gormonlar tahlilini o`tkazish lozim. Shu bilan bir qatorda turmush tarzingizni ham qayta ko`rib chiqing, taomlanish, uyqu va jismoniy faolligingiz qay darajada, albatta ko`zdan kechirish kerak.

Boshqa yangiliklar