AsosiyJinoyat

Toshkentda qalbaki qariyb 9000 AQSh dollar sotmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

'Toshkentda qalbaki qariyb 9000 AQSh dollar sotmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo`limi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda "Erkin" YPX maskanida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 Tadbirda fuqaro A.J. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib ko`zdan kechirilgan.  

Natijada ushbu fuqaro jami 89 dona bo`lgan 100 AQSh dollarlik qalbaki 8 900 AQSh dollarini Toshkent shahrida o`tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi  qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar