AsosiyJamiyat

Toshkentning ikki tumanida issiq suv va issiqlik ta`minoti o`chiriladi

'Toshkentning ikki tumanida issiq suv va issiqlik ta`minoti o`chiriladi'ning rasmi

Beruniy ko`chasidagi issiqlik tarmoqlarida avariyaviy ta`mirlash ishlari olib borilishi va tegishli jihozlarni almashtirish zarurati tufayli bugun, 16 dekabr kuni 2 ta tumanda issiq suv va issiqlik ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati.

Shayxontohur tumani: Xuvaydo, Aloqa, S-27, S-28 dahalari, Niyozov, Bog`ko`cha va Abror Hidoyatov ko`chalari.

Olmazor tumani: Vuzgorodok, B-1, B-3, Qoraqamish 2/1 dahalari, Beruniy ko`chasi.

"Issiq suv va issiqlik ta`minoti avariyaviy ta`mirlash ishlari tugallanishi bilan taxminan bugun soat 19:00 gacha tiklanadi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar