AOKAda tashkil etilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o`rinbosari Sanjar Zuparov fuqarolarni is gazidan ehtiyot bo`lishga chorladi.
Yong`in, havo-gaz aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilish so`raladi:
1. Gaz va muqobil yoqilg`i turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya qiling;
2. Nostandart yoki sertifikatga ega bo`lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanmang;
3. Isitish pechlarining dudburonlarini to`g`ri o`rnating hamda sozligiga e`tibor bering;
4. Gaz yoki boshqa muqobil yoqilg`iga moslashtirilgan isitish pechlarini dam olish xonalariga olib kirmang;
5. Havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olovdan foydalanmang;
6. Havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib qo`ymang;
7. Isitish pechlarining dudbo`ronlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o`rnatilishi bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qiling.






