“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ertalab biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.
Poytaxtda ertalab biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Tashkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor kochishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.






