AsosiyJamiyat

Toshkent metropolitenida "svet" o`chib qoldi

'Toshkent metropolitenida "svet" o`chib qoldi'ning rasmi

Bugun, 17 dekabr kuni Toshkent metropolitenida elektr uzilishi sodir bo`ldi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi. 

Taxminan soat 13:15 lar atrofida metropolitenni tashqi elektr energiya bilan ta`minlovchi korxonalarda elektr tarmog`ida sodir bo`lgan qisqa uzilish sababli, "Chorsu" bekatining kirish svetaforida taqiqlovchi qizil chirog`i yongan. Buning oqibatida, 40-sonli harakat tarkibi belgilangan yo`riqnomaga asosan bekatga kirib kelishda to`xtab turgan.

"Toshkent metropoliteni" DUK bergan rasmiy munosabatda, elektr energiyani qayta tiklash yuzasidan tezkor chora-tadbirlar natijasida 8 daqiqadan so`ng harakat tarkibi o`z harakatini davom ettirgan.

Ma`lum qilinishicha, noqulayliklar bartaraf etilib poezdlar o`z yo`nalishida belgilangan jadvalga ko`ra harakatni amalga oshirmoqda.

    Boshqa yangiliklar