1

Samarqandda qariyb 2 mlrd. so`mlik elektrni o`g`irlagan fermer aniqlandi

Jinoyat 17.12.2023, 20:56
Samarqandda qariyb 2 mlrd. so`mlik elektrni o`g`irlagan  fermer aniqlandi

Pastdarg`om tumanida 1,8 mlrd so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo`jaligi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o`rganish o`tkazilgan. Unda Pastdarg`om tumanida faoliyat yurituvchi «X.I.» fermer xo`jaligi rahbari E.T. «Xoncharbog`» mahallasidagi nasos stansiyasining elektr hisoblagichi sxemasini buzib, jami 2 mln kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd so`m zarar etkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1