Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan kuz-qish shtabiga benzin sifati va uning etishmovchiligi bo`yicha muroajatlar ko`paygan. Bu haqda Andijon viloyati hokimining matbuot kotibi Muslimbek Ibrohimov ma`lum qildi.
Muslimbek Ibrohimovning aytishicha, viloyat hududiga 500 tonna Ai-80 markali benzin keltirilgan bo`lsa-da, haydovchilardan ushbu turdagi benzin etishmayotgani haqida shikoyatlar kelib tushmoqda.
Murojaatlar nazoratga olinib, tegishli mutasaddi va organlar tomonidan o`rganligani. Natijada 7 ta AYoQShda shunday holat aniqlangan va ularga nisbatan tegishli tartibda chora ko`rilishi ta`minlangan, – dedi viloyati hokimining matbuot kotibi.
“Energiyainspeksiya” Andijon hududiy boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Sirojiddin Muhtorovning ma`lum qilishicha, 14-15 dekabr kunlari Andijon shahri va Andijon tumanidagi AYoQShlardan olingan 17 ta namunadan 7 tasida belgilangan me`yorlarga javob bermagani aniqlangan.
Qo`shimcha qilinishicha, viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham shunday o`rganishlar o`tkazish rejalashtirilgan.






