AsosiySport
2617

Umida Omonova shaxmatning blits yo`nalishida Osiyo chempioni bo`ldi

'Umida Omonova shaxmatning blits yo`nalishida Osiyo chempioni bo`ldi'ning rasmi

Ayni kunlarda BAAning Al-Ayn shahrida shaxmat bo`yicha yoshlar va o`smirlar o`rtasida Osiyo chempionati o`tkazilmoqda.

Musobaqada 41 ta davlatdan 650 nafar shaxmatchilar ishtirok etmoqda. O`zbekiston sharafini himoya qilayotgan Umida Omonova blits yo`nalishida 1-o`rinni qo`lga kiritdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi. 

Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Davron Sharipov 2-o`rinni egallagan bo`lsa, Malikaxon Jumaeva va Husnoraxon Husnitdinovalar 3-o`rin sohibiga aylandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar