Joriy yilda jami 250 ta ob`ektlarda Yangi yil bayram tadbirlari o`tkazilishi rejalashtirilib, mazkur tadbirlarda taxminan 1 mln nafar fuqarolar ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ma`lum qildi:
Bayram tadbirlarida xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha 16 934 nafar kuch-vositalar:
11 401 nafar IIV, 3 698 nafar Milliy gvardiya va 1 835 nafar FVV xodimi va harbiy xizmatchilari safarbar etilib, ularga 5 994 ta aloqa va 1 645 ta avtotransport vositalari, 2 284 ta metallodetektorlar hamda 276 ta bosh xizmat itlari ajratildi.
Bayram tadbirlari o`tkaziladigan ob`ektlar atrofiga videokameralar o`rnatilib, monitoring markazlariga integrasiya ishlari amalga oshirildi.
Bayram tadbiri o`tkaziladigan joylarda adashib qolgan yosh bolalarni vaqtincha saqlash uchun alohida xonalar tashkil etilib, ularga inspektor-psixologlar biriktirilishi belgilandi.
Muayayan yashash joyiga ega bo`lmagan shaxslarni “Mehr-sahovat uyi” va Reabilitasiya markaziga joylashtirish choralarining ko`rilishi belgilandi.
Spirtli ichimliklar savdosi bilan shug`ullanuvchi do`konlarda alkogol ichimliklarning quyib sotilishi alohida nazorat olinib, hamda iste`molga yaroqsiz, qo`lbola tayyorlangan alkogol mahsulotlarini noqonuniy sotilishini oldini olish choralari kuchaytirildi.
Bayram tadbirlari o`tkaziladigan ob`ektlar atrofidagi yo`l-infratuzilmasi tartibga keltirilishi, tadbirlar o`tkaziladigan joylar atrofida transport vositalari uchun etarli sig`imdagi avtoturagohlar tashkil etilishi zarur choralar ko`rilishi belgilandi.
18.12.2023 15:35
Bu yil O`zbekistonda nechta ob`ektda Yangi yil bayram tadbiri o`tkazilishi ma`lum qilindi






