Huquq-tartibot idoralari Soliq qo`mitasi markaziy apparatining ikki nafar mas`ul xodimi va Toshkent shahri Soliq boshqarmasi kameral soliq tekshiruvlar shu`basi sobiq rahbarini qo`lga oldi. Ular noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini yashirganlikda gumon qilinmoqda.
Huquq-tartibot idoralari Soliq qo`mitasi markaziy apparatining bir qator xodimlarini qo`lga oldi.
Xususan, soliq to`lovchilarga xizmat ko`rsatish departamenti direktori o`rinbosari, Soliq qo`mitasi QQS boshqarmasi ma`muriyatchiligi boshqarmasi QQS to`lovchilarini maxsus ro`yxatdan o`tkazish bo`limi boshlig`i va Toshkent shahri Soliq boshqarmasi kameral soliq tekshiruvlar shu`basi sobiq rahbari qo`lga olindi.
Ular noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini yashirganlikda gumon qilinmoqda.






