Farg`ona viloyat prokuraturasi Farg`ona viloyat Ekologiya boshqarmasi Toshloq tuman inspeksiyasi davlat inspektorlari bilan hamkorlikda navbatdagi reyd o`tkazildi. Bu haqda Farg`ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda tumanning "Nayman Bo`ston" MFY hududida yashovchi fuqaro T.Sh tomonidan bir tup tol daraxtini qurigan shoxini hech qanday ruxsatnomasiz kesib yuborgan holati aniqlandi,
Aniqlangan holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 79-modda 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 700 000 so`m jarima hisoblandi.






