AsosiyJamiyat

Toshkent shahar IIBB konsertga boradiganlarga ogohlantirish bilan chiqdi

'Toshkent shahar IIBB konsertga boradiganlarga ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

Joriy yilning 20 dekabr kuni soat 20:00 da "Humo Arena" majmuasida Hammali & Navai ning konsert dasturi bo`lib o`tadi.

Toshkent shahar IIBB mazkur konsert dasturini yuqori kayfiyatda o`tkazish, tiqilinchliklarga yo`l qo`ymaslik maqsadida konsert dasturi boshlanishidan kamida bir soat oldin kelishni tavsiya qilmoqda. 

Elektron chiptalar soxtalashtirilishi mumkinligi sababli, konsert dasturiga elektron chiptalar bilan kiritilmaydi. Elektron chiptalarni "Humo Arena" majmuasida tashkil etilgan kassada qog`ozli chiptalarga almashtirib olishi so`ralmoqda. 

Shuningdek, "Humo Arena" majmuasiga sektor kesimida kirish quyidagi yo`laklar orqali amalga oshiriladi:

1-sonli kirish punktidan V,S sektorlarida o`tiruvchilar;

2-sonli kirish punktidan S,D sektorlarida o`tiruvchilar;

3-sonli kirish punktidan A,D sektorlarida o`tiruvchilar;

4-sonli kirish punktidan V,A sektorlarida o`tiruvchilar.

 

    Boshqa yangiliklar