Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.T. noqonuniy daromad orttirishni ko`zlab, Yashnobod tumani Bayqo`rg`on 1-berk ko`chasida hech qanday hujjatsiz jami 150 dona “Snup”,“Vilprafen solyutab” nomli sprey dorilarini hamda 500 dona “Gabapentin” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini fuqaro Q.O.ga 4,2 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
20.12.2023 19:07
Poytaxtda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotayotganlar ushlandi






