Bugun, 20 dekabr kuni Toshkent metrosining "Do`stlik" bekatida yana nosozlik kuzatildi.
Toshkent metropolitenining bergan xabariga ko`ra, soat 16:50 larda 31-sonli harakat tarkibi "O`zbekiston" yo`nalishining aylanma yo`lidan "Do`stlik" bekatiga chiqqan, ammo mashinist tomonidan ushbu harakat tarkibining havo kompressoridagi atmosfera bosimi belgilangan normadan kamligi aniqlangan. Shu boisdan yo`lovchilar hamda harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida metro poezdi tekshiruv yo`lagi tomon yuborilgan.
Shuningdek, yo`nalishdagi harakat jadvali buzilishini oldini olish maqsadida mavjud zaxira poezdi zudlik bilan harakatga qo`yilgan va bekatdagi yo`lovchilarni olib harakatini davom ettirgan.
Hozirgi vaqtda yo`nalishdagi poezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so`raymiz, deyiladi Toshkent metropoliteni bergan xabarda.






