Oliy Majlis Senati 48-yalpi majlisida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o`zgartirishlar kiritish masalasi ham ko`rib chiqildi va Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Unga ko`ra, Elza Shamsutdinova o`n yillik muddatga, Anvar Elmuradov muddatsiz davrga, Baxodir Ergashev o`n yillik muddatga O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.
Shu bilan birga, Bobir Islamov, Otabek Mamajanov, Sherzod Mirzaxakimov, Doniyorjon Tojiboev, Firuz Tursunov, Faxriddin Xalilov, Sherzod Sherkulov va Xurshid EshmuratovO`zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.






