AsosiyJamiyat

Farg`onada odam o`ldirishda gumonlanayotgan erkak qidiruvga berildi

'Farg`onada odam o`ldirishda gumonlanayotgan erkak qidiruvga berildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Qo`shtepa tumanida odam o`limi bilan bog`liq jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan erkak qidirilmoqda. Viloyat IIB holat yuzasidan fuqarolarga murojaat qildi

Ma`lum qilinishicha, Qo`shtepa tumani “O`qchi” MFY, Sabo ko`chasi 5-uyda yashovchi 1982 yil tug`ilgan Qazaqov Shavkatjon Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, qidirilmoqda.

Yuqorida ko`rsatilgan shaxsni ko`rganlar va biror ma`lumotga ega fuqarolar quyidagi raqamlarga telefon qilishi mumkin: 73-542-12-80, 90-151-09-90, 90-509-43-00.

Qayd etilishicha, ushbu shaxs haqida xabar bergan fuqarolar to`g`risidagi ma`lumotlar sir saqlanadi.

    Boshqa yangiliklar