AsosiyJamiyat

Toshkentda yo`lovchi avtobus yonib ketdi (video)

'Toshkentda yo`lovchi avtobus yonib ketdi (video)'ning rasmi

Toshkentda "Mercedes-Benz" rusumli yo`lovchi avtobusi yonib ketdi.

Holat yuzasidan, “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, ushbu avtobus 2008 yil ishlab chiqarilgan bo`lib, dastlabki ma`lumotga ko`ra, soat 20:00 da “5-avtobus saroyi” tasarrufidagi davlat raqami  01|794 OJA, saroy raqami 369- bo`lgan, "Mercedes-Benz" rusumli, 151-sonli Chingeldi maxallasi-Buyuk Ipak yo`li metro bekati yo`nalishida  harakatlanuvchi, haydovchi R.A boshqaruvidagi avtobus, Mirzo Ulug`bek tumani, Mirzo Ulug`bek ko`chasi Kimyo instituti binosi qarshisida harakatlanayotgan vaqtda, avtobusning yuqori bosimli havo quvurining yorilishi natijasida qisqa tutashuv  yuzaga kelgan va haydovchi tomonidan tutunni o`chirish uchun dastlabki choralar ko`rilishiga qaramay qisqa tutashuv alangaga aylangan. Shundan so`ng, voqea joyiga FVV Yong`in qutqaruv bo`linmasi tezkor guruhi chaqirilib, yong`in qisqa vaqtda bartaraf etilgan. Mazkur hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q, avtobusning dvigatel qismiga zarar etgan.

Hozirda, “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo`limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovchilar! Yo`llarda harakatlanayotganingizda yo`l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga e`tiborli bo`lishingizni so`raymiz!”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar