AsosiyJamiyat

Bir qator samarqandlik faol o`qituvchilar taqdirlandi

'Bir qator samarqandlik faol o`qituvchilar taqdirlandi'ning rasmi

Kecha, 20 oktyabr kuni "Ustoz - ta`lim bunyodkori" shiori ostida o`tkazilayotgan Samarqanddagi “O`qituvchilar qurultoyi” doirasida soha xodimlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari Usmon Sharifxo`jaev ochib berdi va tizimda amalga oshirilayotgan ijobiy o`zgarishlar hamda rejalashtirilgan loyihalar haqida so`z yuritdi.

Shundan so`ng tizimni yanada isloh qilish borasida ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tingladi.

Qurultoyda bir guruh samarqandlik faol o`qituvchilar "Xalq ta`limi fidoyisi"  "Xalq ta`limi a`lochisi", shuningdek, Maktabgacha va maktab ta`lim vazirining tashakkurnomalari hamda viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

Tadbirda, shuningdek yangi baholash tizimiga o`tib, jarayonlarda halollik va shaffoflikni ta`minlagan Samarqand shahridagi 14- hamda Kattaqo`rg`on shahridagi 3-umumiy o`rta ta`lim maktabi jamoalariga vazirlikning tashakkurnomalari va sovg`alari topshirildi.

    Boshqa yangiliklar