Bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Ko`kdala tumanida 7-sinf qizning turmushga berilayotgani haqidagi video keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Bolalar ombudsmani qizning unashtiruv marosimi emas, tug`ilgan kuni bo`lgani haqida ma`lumot berdi. Biroq jamoatchilik ushbu ma`lumot noto`g`riligini, videotasvirlarda yosh qizga uning bulg`usi qaynonasi tilla zanjir taqqanini aytib, qizning ota-onasi va kuyov tomon jazolanishi kerakligi ta`kidlamoqda.
Ushbu muhokamalar hali tugamasdan bugun tarmoqlarda Qashqadaryoda turmushga uzatilayotgan va unashtiruv marosimi bo`layotgan 7-8-sinf qizlari haqida videolavhalar paydo bo`lmoqda.
Tasvirlarda maktab o`quvchisi bo`lgan 14 yoshli qizlarning bo`yniga va quloqlariga tilla taqinchoqlar taqilgani, ayollar tomonidan baxt tilangani aks etgan.
"Baxtli bo`linglar...9 emas, 8. (sinfi nazarda tutilgan - tahr). Qaynonasi bo`lgandan keyin hayajonlanadida...Sandiqni tagiga solamiz..." degan jumlalar aytilgan yig`ilgan ayollar tomonidan. Ayni paytda ijtimoiy tarmoq foydalauvchilari ushbu holatlarni keng muhokama qilib, rasmiy izoh so`rashmoqda.






