Bugun, 21 dekabr kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (sobiq Yodju) rektori, iqtisodiyot fanlar nomzodi, professor Kudaybergenov Janpolat Shamuratovich 45 yoshida vafot etdi. Bu haqda universitet rasmiy kanalida xabar qilindi.
Janpolat Xudoybergenov 1978 yil 10 martda Nukus shahrida tug`ilgan. 2000 yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini, 2001 yilda «Umid» prezident jamg`armasi orqali Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya)ni tamomlagan.
2010–2014 yillarda Toshkent moliya instituti “Hisob va audit” fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2014–2017 yillarda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligida ishlagan.
2018 yildan Yodju texnika institutining o`quv ishlari bo`yicha prorektori, 2019 yildan O`zbekistondagi birinchi xususiy oliy o`quv yurti rektori lavozimida faoliyat yuritdi.






