Bugun O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo`lib o`tdi. Uni Komissiya Raisi M. Abdusalomov boshqardi. Majlisda siyosiy partiyalarning vakillari, EXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi saylovni kuzatish missiyasi a`zolari, shuningdek ommaviy axborot vositalarining xodimlari ishtirok etdi.
Markaziy saylov komissiyasi ko`zi ojiz fuqarolarning saylov huquqlarini ta`minlash, ular uchun Brayl alifbosida saylov byulletenlarini tayyorlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlarni qabul qildi.
Bunday byulletenlar O`zbekistonda o`tkazilayotgan saylovlarda ilk bor qo`llaniladi.





