AsosiyJamiyat

O`zbekiston o`z xavfsizligini ta`minlash uchun etarli darajada Qurolli Kuchlariga ega — Mudofaa vazirligi

'O`zbekiston o`z xavfsizligini ta`minlash uchun etarli darajada Qurolli Kuchlariga ega — Mudofaa vazirligi'ning rasmi

Biroz avval, Rossiya gvardiyasi polk komandirining harbiy-siyosiy masalalar bo`yicha o`rinbosari Zaxar Prilepin sobiq SSSR hududlarini Rossiya Federasiyasi tarkibiga qo`shib, ularning aholisiga rus tilini o`rgatish taklifini ilgari surgani haqida xabar bergan edik.

Shundan so`ng Oliy Majlis deputatlari Inomjon Qudratov hamda Bobur Bekmurodovlar rossiyalik amaldorga javob qaytardi. 

Bundan tashqari, rus amaldorining bu fikriga jim qarab turolmagan o`zbek faollaridan biri Rasul Kusherbaev "Mamlakatni bosib olishga yo`l qo`yish, qullikka rozi bo`lish demakdir!" deb o`z fikrini bildirdi. 

Shundan so`ng Xushnudbek Xujoyberdiev "O`zbekiston mustaqilligini shubha ostiga qo`yadigan, Vatanimizni yana mustamlaka qilishga olib boradigan har qanday targ`ibotga ayovsiz chora ko`rilishi kerak. "Ha, mayli endi, so`z erkinligi bu, shaxsiy fikrini aytibdi" degan bahonalar o`tmaydi. Har qanday so`z erkinligining chegarasi bor. Vatan mustaqilligi mavzusi muqaddas bo`lishi shart va zarur, bu mavzuda boshqacha talqinlarga o`rin yo`q", degan fikrlarni ilgari surdi. 

Shundan so`ng Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federasiyasining O`zbekiston Respublikasidagi Elchisi O.Malginov vazirlikka taklif etilgani haqida xabar qildik. 

Shundan so`ng Mudofaa vazirligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida rasmiy ma`lumot qoldirdi. 

O`zbekiston o`z xavfsizligini ta`minlash uchun etarli darajada Qurolli Kuchlariga ega — Mudofaa vazirligi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 153-modda, deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar