AsosiyJamiyat

Sardor Umrzoqov uzoq tanaffusdan so`ng jamoatchilikka ko`rinish berdi

'Sardor Umrzoqov uzoq tanaffusdan so`ng jamoatchilikka ko`rinish berdi'ning rasmi

Kecha, 21 dekabr kuni iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo`yicha maslahatchi Suma Chakrabarti Linkedin sahifasiga o`zining Sardor Umrzoqov bilan tushgan suratini joylashi chek qo`ydi.

“O`tgan hafta Toshkentda yaqin do`stim, Prezident Mirziyoevning maslahatchisi Sardor Umrzoqov bilan juda yaxshi suhbatlar bo`ldi. Prezidentni ko`rgani birga borib, 2024 yilga mo`ljallangan ish dasturimizni kelishib oldik. Yanvar oyi boshida Toshkentga qaytamiz”, - deyilgan surat izohida.

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezidentning maxsus topshiriqlar bo`yicha maslahatchisi Sardor Umrzoqov jamoatchilikka ko`rinish bermayotgani, unga yaqin amaldorlarning lavozimdan ketayotgani fonida turli mish-mishlar tarqayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar