Bugun? 22 dekabr va 23-24 dekabr kunlari O`zbekiston hududiga janubdan iliq havo kirib kelishi davom etadi va harorat ko`tariladi. Bu haqda "O`zgidromet" xabar berdi.
Prognozlarga ko`ra, bugun kunning ikkinchi yarmida havo 8-13o iliqqacha, shanba va yakshanba kunlari esa 12-17o iliqqacha isiydi. Kechalari ham havo iliq bo`ladi, yakshanba kuniga kelib, harorat kechasi 2-7o iliqqacha ko`tariladi.
Bu kunlarda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat ayrim tog` oldi va tog`li hududlarda 24 dekabr-yakshanba kuni asosan yomg`ir ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`lishi mumkin.
Respublika bo`yicha ba`zi joylarga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, Farg`ona vodiysining ayrim joylariga tuman tushishi kunduzi ham saqlanib turadi.
24 dekabrda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtimizda: 22-24 dekabr kunlari yog`ingarchilik kutilmayd. Kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan birozdan o`rtachagacha esadi. Harorat bugun kunduzi 10-12o iliq bo`ladi, shanba va yakshanba kunlari esa kechalari 3-5o iliqqacha, kunduz kunlari 14-16o iliqqacha asta-sekin ko`tariladi.






