AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatidagi bitta AGTKSh 1 mlrd 258 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

'Toshkent viloyatidagi bitta AGTKSh 1 mlrd 258 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi'ning rasmi

Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz ta`minoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)da o`tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:

Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “B.E.G.700” MChJga qarashli AGTKSh tomonidan gazning haqiqiy sarfini kamaytirib ko`rsatish maqsadida hisobga olish priboriga tashqi ta`sir ko`rsatgan holda uning sxemalari o`zgartirilganligi ma`lum bo`ldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, mazkur AGTKSh tomonidan davlat manfaatlariga jami 1 mlrd 258 mln so`mlik zarar etkazilganligi aniqlandi.

Qoidabuzar iste`molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko`rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

    Boshqa yangiliklar