AsosiyJamiyat

"Jadidlar g`oyalari Yangi O`zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan hamohang" — prezident

'"Jadidlar g`oyalari Yangi O`zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan hamohang" — prezident'ning rasmi

Prezident raisligida Respublika Ma`naviyat va ma`rifat kengashining yig`ilishi davom etmokda. 

"Mamlakatimiz o`z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda  bizga jadid bobolarimiz kabi g`arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan etuk kadrlar suv bilan havodek zarur. Yaqinda poytaxtimizda o`tkazilgan. “Jadidlar: milliy o`zlik, istiqlol va davlatchilik g`oyalari” mavzusidagi konferensiya jahon ilm-fan va madaniy jamoatchiligi o`rtasida katta qiziqish va e`tibor uyg`otdi. Bu ishlarni yanada kengaytirish va yangi bosqichga ko`tarish maqsadida 

Prezident qarori qabul qilinadi. 

Ma`rifatparvar ajdodlarimizning merosi bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor bo`lib xizmat qilishi tabiiy. 

Bu kimgadir yoqadimi yoki yo`qmi, xalqimiz jadid bobolarimiz ko`rsatib bergan yo`ldan og`ishmay borishi kerak. Chunki ularning g`oya va dasturlari Yangi O`zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg`un va hamohangdir" dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar