AsosiyJamiyat

Mavsum mavzusi: Rishtonda pirotexnika buyumlarini sotayotgan xonadon aniqlandi

'Mavsum mavzusi: Rishtonda pirotexnika buyumlarini sotayotgan xonadon aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M. fuqaro M.A.ga 3 xil turdagi 408 dona pirotexnika buyumlarini 7 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 200 dona “Drakon”, 112 dona “7 ShOP” va  96 blok “Britanik” nomli pirotexnika buyumlarini tumandagi Qayrag`och ko`chasidagi yaqin qarindoshiga tegishli raqamsiz uyda 2 520 AQSh dollariga o`tkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar