AsosiyJamiyat

Qashqadaryo hokimi erta nikoh masalasida yig`ilish o`tkazdi, bir nechta mas`ulga chora ko`rildi

'Qashqadaryo hokimi erta nikoh masalasida yig`ilish o`tkazdi, bir nechta mas`ulga chora ko`rildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda 7-sinf qizning unashtiruv marosimi aks etgan video Bolalar Ombusmani tomonidan tug`ilgan kun tadbiri deya izoh berilgani muhokamalarni kuchaytirib yubordi. Ayni paytda tarmoqda yana bir nechta shu kabi marosim videolavhalari paydo bo`ldi. 

Qashqadaryo hokimi erta nikoh masalasida yig`ilish o`tkazdi, bir nechta mas`ulga chora ko`rildi.

Qonunchilikka muvofiq, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanadi.

Uzrli sabablar bo`lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug`ilishi, voyaga etmagan shaxsning to`la muomalaga layoqatli deb e`lon qilinishi), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko`ra tegishli tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko`pi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin.

  • Nikoh yoshi to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzish ma`muriy javobgarlikka sabab bo`ladi:  
  • nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish 1,5 mln so`mdan 3 mln so`mgacha;  
  • ota-ona yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga etmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish 2,1 mln so`mdan 4,5 mln so`mgacha;  
  • nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish 3 mln so`mdan 6 mln so`mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar