AsosiyJamiyat

Nazorat qilinadigan bitimlarni tuzgan korxonalarga takroran xabarnomalar yuborilmoqda

'Nazorat qilinadigan bitimlarni tuzgan korxonalarga takroran xabarnomalar yuborilmoqda'ning rasmi

Soliq to`lovchilar kalendar yilda o`zlari tuzgan nazorat qilinadigan bitimlar to`g`risida soliq organlarini xabardor qilishi shart.

Xabarnoma yil yakuni bilan yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay (15-fevral, 1-mart, 25-mart) yuborilishi lozim.

Biroq, ayrim korxonalar 2022-yilda nazorat qilinadigan bitimlarni tuzgan bo`lsada, bu haqda soliq organini xabardor qilmagan.

Soliq to`lovchilarga Soliq kodeksi bilan belgilangan majburiyatlarini eslatish uchun Soliq qo`mitasi tomonidan takroran eslatma-xabarnomalar yuborilmoqda.

Nazorat qilinadigan bitimlar to`g`risidagi xabarnoma Soliq qo`mitasining my3.soliq.uz sayti orqali yuboriladi.

Xabarnomani soliq organiga yuborish uchun saytdagi shaxsiy kabinetdan quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:

  • Xizmatlar;
  • Normativ-huquqiy hujjatlarda soliq ma`murchiligi doirasida ko`zda tutilgan xabarnomalarni davlat soliq xizmati organlariga yuborish;
  • Nazorat qilinadigan bitimlar to`g`risida xabarnoma.

Xabarnomani yuborish bo`yicha qo`shimcha savollar yuzaga kelganda Soliq qo`mitasining 71 244-98-09 (ichki raqam: 01879, 01243, 01622, 01620, 01281) telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilishingiz mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar