AsosiyJamiyat

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi o`zbekistonliklarni ogohlikka chaqirmoqda

'Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi o`zbekistonliklarni ogohlikka chaqirmoqda'ning rasmi

So`nggi kunlarda Rossiya va Ukraina o`rtasidagi harbiy harakatlar hamda ushbu davlatlar hududlarida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari bilan bog`liq turli xabarlar tarqalmoqda. 

Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi fuqarolarni ogohlikka chaqirmoqda.

”Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o`rtasidagi ziddiyatli hududlarga ishlash maqsadida bormaslikni, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so`raymiz”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o`xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar