1

Samarqandda mayning qurilmasi orqali davlatga 10 mlrd so`mga yaqin zarar etkazgan shaxs qo`lga tushdi

Jinoyat 23.12.2023, 15:01
Samarqandda mayning qurilmasi orqali davlatga 10 mlrd so`mga yaqin zarar etkazgan shaxs qo`lga tushdi

Samarqand viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirda Samarqand shahrida yashovchi 36 yoshli E.M. o`ziga tegishli bo`lgan "Gold Brand Mebel" MChJ xo`jalik hududida noqonuniy "Mayning" fermasini tashkil qilib, 24 dona "BlackMiner L1", 23 dona "AntMiner L7", 5 dona "Whatsminer M50" jami 52 ta mayning qurilmalarini shahar elektr tarmoqlariga noqonuniy ravishda ulab, ish faoliyatini yuritib kelayotganligi aniqlandi. Jami 52 ta mayning qurilmasini tashkil qilganligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Mayning-ferma" faoliyati uchun hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz hamda elektr tarmog`iga hisoblagichlarsiz o`zboshimchalik bilan ulanib olib, davlatga 9 milliard 852 million 875.2 ming so`m zarar etkazganligi aniqlanib, mayning qurilmalari hujjatlashtirilib olindi.

Mazkur holat yuzasidan JKning 192/11-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, E.M.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Huquqbuzarga JKning 192/11-moddasi 2-qismi “a” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun BHMning bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1