“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika hududi bo`yicha yog`ingarchilik kutilmayd, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-19° iliq bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.






