Ona qizining yotoqxonasida arvohni ko`rganini bildirdi

Dunyo 09.11.2016, 09:45
Teglar: Facebook, Ona va bola
Ona qizining yotoqxonasida arvohni ko`rganini bildirdi

Avstraliyalik Jeyd Yates ismli ayol Feysbukka arvoh aks etgan videoni joylashtirdi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri. 

Ayolning kichkina, Rubi ismli qizi xonasida yolg`iz uxlagani sababli, u kechasi qizini nazorat qilish uchun yotoqxonaga videokamera o`rnatdi. Bir kuni ayol kuzatuv kamerasiga qarab turib, dahshatga tushdi. Qizining karavotchasi ustida harakatlanayotgan shaffof, oq dog`ga ko`zi tushdi. Uning aytishicha, xonaning eshik va derazasi yopiq bo`lgan. Shu sababli u mazkur video yuzasidan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining fikri bilan qiziqqan:

“Bugun kechasi umuman uxlay olmasam kerak. Balki kimdir ruh va arvohlarning borligiga ishonar, ammo men shu kungacha ularning mavjudligiga ishonmaganman. Qizim Rubining karavotchasi ustida turgan narsani ko`rib, dahshatga tushdim. U nima bo`lishi mumkin? Qo`rqib ketgan ona.”

Bu videoni uch milliondan ortiq odam tomosha qilib, fikr bildirdi. Ularning aksariyati oq dog`ni xira nur, shu`la deb, ba`zi mistikaga ishonuvchilar esa arvoh deb tan olgan.

Sharhlar

Facebook Rossiyada jarimaga tortildi

26.12.2021, 01:35

Moskva xalqaro sudi Meta platformasi (sobiq Facebook)ga katta miqdordagi jarimani qo`lladi. Bu haqda TASS xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, Meta platformasi Rossiya Federasiyasida taqiqlangan ma`lumotlarni o`chirmagani uchun...
"Facebook" Shavkat Mirziyoevga minnatdorlik bildirdi

01.12.2021, 23:40

O`zbekistonning AQShdagi elchisi J.Vaxabov «Facebook» kompaniyasi bo`limi direktori Endi O'Konnell bilan uchrashib, hamkorlik aloqalarini o`rnatish istiqbollarini muhokama qildi.Internetda, xususan, «Facebook», «Instagram» va «WhatsApp» platformalari orqali...
Facebook tarmog`i ishlamay qoldi. Bu Sukerbergga qimmatga tushdi

05.10.2021, 10:21

Facebook kompaniyasi  xuddi shu nomdagi ijtimoiy tarmoq, shuningdek Instagram i va WhatsApp yuklanmalarining barcha servislarida uzilish ro`y berganini tasdiqladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Downdetector.com ma`lumotlariga...
FACEBOOK PREZIDENTNING SAHIFASIGA RASMIY STATUS BERDI

27.09.2017, 16:18

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning AQShga tashrifi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi delegasiyasi Kaliforniya shtatidagi "Kremniy vodiysi"da bo`lib, Facebook bosh qarorgohida uchrashuv o`tkazgani...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1