AsosiyJamiyat

Farg`onada ham ob-havo tufayli reyslarga cheklovlar o`rnatildi

'Farg`onada ham ob-havo tufayli reyslarga cheklovlar o`rnatildi'ning rasmi

​​Farg`ona vodiysidagi ob-havo sharoiti tufayli reyslarga cheklovlar o`rnatildi va parvozlar xavfsizligini ta`minlash maqsadida HY9829/9830 Namangan – Ekaterinburg – Namangan, HY9809/9810 Namangan – Omsk – Namangan yo`nalishlari o`zgartirilgan jadval bo`yicha Toshkent xalqaro aeroportiga/dan amalga oshiriladi.

HY9829/9830 aviaqatnovlari, Toshkent - Ekaterinburg- Toshkent yo`nalishi bo`yicha:

Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan soat 07:05;

Ekaterinburgka uchib kelish mahalliy vaqt bilan soat 10:30 da;

Ekaterinburgdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 12:25 da;

Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 15:35 da.

HY9809/9810 aviaqatnovlari, Toshkent - Omsk - Toshkent yo`nalishi bo`yicha:

 Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 18:20;

 Omskga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 21:00 da;

 Omskdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 22:30;

Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 01:10 (ertasi kuni).

Yuqoridagi reyslar yo`lovchilariga reyslarni ro`yxatdan o`tish vaqtidan ertaroq Toshkentga mustaqil ravishda etib ketishlari tavsiya etiladi. Rossiya shaharlaridan yuqorida ko`rsatilgan reyslar bo`yicha sayohat qilayotgan yo`lovchilar Toshkent aeroportiga etib kelganlarida mustaqil ravishda muqobil transportda Namanganga borishlari tavsiya etiladi.

Reyslar vaqti o`zgartirilgan yo`lovchilar uchun, jarima to`lovlarisiz chiptalarni keyingi uchish sanalariga qayta bron qilish yoki chipta uchun to`langan pul miqdori to`liq qaytarib olish huquqiga ega. 
 

Eslatib o`tamiz, avvalroq, kuchli chang bo`roni sabab Buxoro aeroportida samolyotlarni qabul qilish cheklangan edi.

    Boshqa yangiliklar