Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati Shimoliy Koreyaning (KXDR) ehtimoliy provokasiyalari sababli favqulodda holat rejimiga o`tdi. Bu haqda xizmat rahbariyati yig`ilish aytildi.
“Shimoliy Koreya yolg`on ma`lumot tarqatish orqali jamoatchilik fikrini bo`lishga urinishi mumkin”, deyiladi agentlik xabarida.
Keng miqyosdagi kiberhujumlar va dron hujumlari kabi past intensivlikdagi provokasiyalar ehtimoli ham inkor etilmaydi.
Qayd etilishicha, agentlik KXDRda kechayu kunduz kuzatuv olib boradi va asosiy xavfsizlik ob`ektlarida tekshiruvlar o`tkazadi.






