AsosiyJamiyat

Toshkentda jinoyat qilishda gumonlangan bir nechta shaxslar ushlandi

'Toshkentda jinoyat qilishda gumonlangan bir nechta shaxslar ushlandi'ning rasmi

Poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan o`tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan quyidagi shaxslar ushlanib, gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan:

1. 1996 y.t. Qudratullaev Ixtiyor Baxtiyor o`g`li (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi);

2. 1994 y.t. Zafarov Begzod Baxtiyorovich (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

3. 1983 y.t. Jumaniyazova Nargiza Rustamovna (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

4. 1975 y.t. Badalov Djaxongir Djuraevich (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 1-qismi);

5. 1978 y.t. Sulaymonqulov Sherali Ro`zievich (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi);

6. 1995 y.t. Tursunboev Akmaljon Narimon o`g`li (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi).

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llangan. Tergov davom etmoqda.

“Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh a`zolaridan jabr ko`rgan bo`lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo`yicha ma`lumotlarga ega bo`lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so`raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi IIBB xabarida. 

    Boshqa yangiliklar