AsosiyJamiyat

Hilola Umarova Xorazmda faol o`qituvchilar bilan uchrashdi

'Hilola Umarova Xorazmda faol o`qituvchilar bilan uchrashdi'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan "O`qituvchilar qurultoyi" doirasida Respublikamiz bo`ylab ustozlar bilan ochiq muloqot hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar bo`lib o`tmoqda.

Xorazm viloyatida boshlangan qurultoyning navbatdagi tadbirlarida vazir Hilola Umarova ishtirok etdi hamda hududdagi faol o`qituvchilar bilan ochiq muloqot o`tkazdi.

Vazir fidoyi ustozlarimiz xizmati bugun Yangi O`zbekistonda yuksak qadr topayotgani va pedagog maqomini yanada oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylanganligini qayd etib o`tdi.

Mazkur tashabbuslar natijasi o`laroq, bugungi kunda Xorazm viloyatidagi malaka toifasiga ega o`qituvchilar soni 48,7 foizdan 66,5 foizga oshganligi va joriy yilda Xivada o`tkazilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etganligini ta`kidladi.

Shu ma`noda soha oldiga qo`yilgan masalalarni hal etishda joylardagi fidoyi ustozlarning o`rni katta va beqiyos ekanligini qayd etdi.

Tadbir davomida hududdagi fidoyi ustozlarning 5 nafari "Xalq ta`limi a`lochi" ko`krak nishoni, 2 nafari Maktabgacha va maktab ta`lim vazirining tashakkurnomalari, 7 nafari “Faxriy yorliq” 9 nafari viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Qurultoy jarayonlari xorijiy va mahalliy trenerlar ishtirokidagi seminar-trening tadbirlari bilan

    Boshqa yangiliklar