Toshkent shahar Yashnobod tumanining ayrim hududlarida suv ta`minoti vaqtinchalik to`xtaydi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Mirzo Ulug`bek tumanida katta hajmli ichimlik suv tarmog`ida ta`mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 25 dekabr kuni soat 09:00 dan 26 dekabr 09:00 gacha Yashnobod tumanida suv ta`minoti vaqtinchalik to`xtaydi.
Suv ta`minotidan uziladigan manzillar:
22 ta bolalar bog`chasi;
19 ta maktab tashkilotlari;
6 ta oilaviy poliklinika;
“Ergashev” nomli shifoxona;
102 ta ko`p qavatli uylar;
2560 ta erli xonadonlar;
suv ko`tarish inshooti;
60 ta davlat tashkiloti;
6 ta masjid;
2 ta bozor;
Qozonxona S-7;
21-Yong`in xavfsizlik bo`limi;
45 ta mahalla fuqarolar yig`inlari binolari.
Hokimlik aholida keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`radi.






