AsosiyJamiyat

“O`zgidromet” haftalik ob-havo prognozlarini e`lon qildi

'“O`zgidromet” haftalik ob-havo prognozlarini e`lon qildi'ning rasmi

Bugun 25 dekabr kuni O`zbekiston hududi bo`yicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunning ikkinchi yarmida havo 18-23o iliqqacha isiydi. Bu dekabr oyining oxirgi haftasi uchun bo`lgan me`yoriy qiymatlardan 10-12o ga yuqoridir.

Faqat respublikaning shimoli-g`arbiy hududlariga nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, harorat 8-13o iliqqacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi mumkin.

26-27 dekabr kunlari nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi O`zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. 26 dekabrda respublikaning barcha viloyatlari bo`yicha, 27 dekabrda markaziy viloyatlar va Farg`ona vodiysi bo`yicha yomg`ir yog`adi, shimolda qorga aylanishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik kuchli bo`ladi. Havo harorati kechalari 2-7o iliqqacha, kunduz kunlari 8-13o iliqqacha, shimolda kechalari 0-5o sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8o iliqqacha pasayadi.

28 dekabrda O`zbekiston bo`yicha ob-havo yog`ingarchilik bo`lishi va harorat biroz ko`tarilishi kutilmoqda, 29 dekabr kuni esa sovuq havoning yana bir qismi respublika hududiga kirib keladi. Respublikaning barcha viloyatlarida yomg`ir yog`ishi va harorat kunduz kuni 5-10o iliqqacha pasayishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarda yog`ingarchilik yomg`ir ko`rinishida yog`adi, ba`zi joylarda qorga aylanadi.

Ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Poytaxtimizda: 25 va 28 dekabr kunlari yog`ingarchilik kutilmayd.

26-27 va 29 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi.

Bugun kunduzi harorat 21-23o iliq bo`ladi.

26-27 dekabrda harorat kechalari 3-6o iliqqacha, kunduz kunlari 8-11o iliqqacha pasayadi.

28 dekabrda kunduzi harorat 13-16o iliqqacha ko`tariladi.

29 dekabrda harorat 5-8o iliqqacha pasayadi.

26-27 va 29 dekabr kunlari shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar