Yoqilg`i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog`liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Xususan, Nurobod tumanidagi “O.E.” MChJ rahbari B.S. jamiyatga qarashli xududdagi binoda umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga noqonuniy ulanib, kripto-aktiv va mayning faoliyatini qonunga hilof ravishda amalga oshirib kelib, 2,5 mlrd. so`mlik 703,0 ming kVt elektr energiyasini o`g`irlagan.
Mazkur holat yuzasidan “O.E.” MChJ rahbari B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
“Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta`minlanadi“, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.






