AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda jinsiy qullikda saqlangan 14 yoshli qizning hozirgi ahvoli ma`lum qilindi

'Qashqadaryoda jinsiy qullikda saqlangan 14 yoshli qizning hozirgi ahvoli ma`lum qilindi'ning rasmi

Voyaga etmagan Ch.T. 2023 yilning may oyidan 15 noyabrigacha Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro N.A. tomonidan 7 oy davomida tahdid orqali jinsiy ekspluatasiya qurboniga bo`lgani haqida xabar bergan edik.

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova Qashqadaryoda 7 oy davomida jinsiy ekspluatasiya qurboniga aylangan 14 yoshli qiz holidan xabar oldi.

Surayyo Rahmonova qiz bilan uchrashib, unga ko`rsatilayotgan ijtimoiy ko`mak, ta`lim shart-sharoitlari hamda emosional-psixologik yordam holatini o`rgandi.

Qayd etilishicha, qizning hozirda ahvoli ancha yaxshilanib, barqarorlashgan, psixolog tomonidan unga muntazam ko`mak ko`rsatilmoqda. Shuningdek, pedagoglar jalb qilingan holda bolaga maktab dasturidagi asosiy fanlardan darslar o`tilmoqda.

“Jumladan, Ch.T. ingliz tili va kompyuter savodxonligiga katta ishtiyoq ko`rsatyapti, tasviriy san`atga esa alohida qobiliyati bor. Samimiy suhbatimiz davomida qizcha kelgusidagi rejalari bilan bo`lishdi, eng asosiy maqsadi — ta`lim olib, huquqni muhofaza qilish sohasining etuk mutaxassisi bo`lishga intilishini bildirdi”, — deyiladi bolalar ombudsmani xabarida.

 

    Boshqa yangiliklar