O`zbekiston Respublikasida yangi avtomototransport vositalarini chakana sotish tartibini yanada takomillashtirish hamda iste`molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori e`lon qilindi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Ya`ni Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari quyidagi mazmundagi 119—1 band bilan to`ldirildi:
"119—1. Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasini tuzishda barcha iste`molchilarga teng imkoniyatlarni yaratadi.
Agar bozorda ustun mavqega ega sotuvchida o`zi tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositasini sotishda ichki bozordagi talabni qondirish imkoniyati mavjud bo`lmaganda, bir shaxs bilan 12 oy davomida avtomototransport uchun ikkitadan ortiq shartnoma tuzilganda, sotuvchi keyingi 12 oy mobaynida ushbu mahsulot uchun qayta shartnoma tuzishdan bosh tortish huquqiga ega".






