AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi ayrim dorixonalarda mahalliy dorilar chet davlatlarnikidan ancha qimmatligi aniqlandi

'O`zbekistondagi ayrim dorixonalarda mahalliy dorilar chet davlatlarnikidan ancha qimmatligi aniqlandi'ning rasmi

O`zbekistondagi ayrim dorixonalarda sotilayotgan mahalliy dorilar chet davlatlarnikidan ancha qimmatligi aniqlandi. Dori vositalarining narxini tartibga solish yuzasidan mas`ul tashkilotlarga deputatlik so`rovi yuborildi

Qayd etilishicha, bugungi kunda dorixonalarda sotilayotgan ayrim dori vositalarining narxlari qimmatligi masalasi ko`plab fuqarolar, jumladan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining haqli e`tirozlariga sabab bo`lmoqda.

Ushbu masala joriy yilning sentyabr—noyabr oylarida “Adolat” SDP tomonidan joylarda jamoatchilik nazorati tartibida o`rganildi. O`rganishlar davomida aksariyat dorixonalarda sotilayotgan tarkibi va xususiyati jihatdan bir xil bo`lgan xorijiy va mahalliy dori vositalarining narxlari o`rtasida katta tafovut borligi hamda ayrim mahalliy mahsulotlar chet davlatlarnikidan ancha qimmatligi aniqlandi.

Natijada partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a`zolari hamda partiya ekspertlari ishtirokida mazkur masala muhokama qilinib, mas`ul idoralardan aholining dori bozoridagi narxlar tafovuti bo`yicha haqli noroziliklariga nisbatan munosabat bildirishi yuzasidan deputatlik so`rovi yuborildi.

 

    Boshqa yangiliklar