Bugun, 27 dekabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi soniyasiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-5, kunduzi 8-10 daraja iliq bo`ladi. Bu haqda “O`zgidromet” xabar berdi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ba`zi joylarda chang-bo`ronlari bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ba`zi tumanlarda chang-bo`ronlari bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi, faqat Samarqand viloyatida yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ba`zi tumanlarda chang-bo`ronlari bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ba`zi tumanlarda chang-bo`ronlari bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Respublikamizning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`ladi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.






