“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bayram munosabati bilan e`lon qilingan qo`shimcha dam olish kunlari (30 dekabr – 2 yanvar) davomida qarzdorlik tufayli xonadonlarda elektr energiyasi ta`minotida uzilishlar bo`lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to`lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali to`lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini eslatdi.
"Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga qat`iy amal qilishni, nosoz va nostandart qurilmalardan foydalanmaslikni hamda yoritish bezaklarini nazorasiz qoldirmaslikni so`rab qolamiz", deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun: Respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.






