AsosiyDunyo

Nigeriyadagi terakt oqibatida kamida 160 kishi qurbon bo`ldi

'Nigeriyadagi terakt oqibatida kamida 160 kishi qurbon bo`ldi'ning rasmi

Nigeriya markazidagi Plato shtatida sodir etilgan qurolli hujumda kamida 160 kishi halok bo`ldi, 300 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bir necha aholi punkti aholisi navbatdagi qurolli hujumdan qo`rqib, uylarini tark etishga majbur bo`ldi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

So`nggi bir necha yil davomida bu mintaqada diniy va etnik nizolar davom etmoqda.

Amnesty International tashkiloti hujumlardan so`ng Nigeriya hukumatini tanqid qilib, "Plato shtatidagi aholi punktlariga tez-tez qilinadigan hujumlarni" to`xtata olmaganini aytdi.

    Boshqa yangiliklar