AsosiyJamiyat

DXX tomonidan IIB katta inspektori, Kadastr agentligi bosh mutaxassisi, yurist va sobiq harbiy xizmatchi pora olayotganda qo`lga olindi (video)

'DXX tomonidan IIB katta inspektori, Kadastr agentligi bosh mutaxassisi, yurist va sobiq harbiy xizmatchi pora olayotganda qo`lga olindi (video)'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi  xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Mirzaobod tumanidagi qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashganmas`uliyati cheklangan jamiyat yuristi logistika xizmatlari ko`rsatish bilan shug`ullanuvchi mas`uliyati cheklangan jamiyat rahbaridan 14 ming AQSh dollari va 12 mln. so`m olgan vaqtida qo`lga olindi.

Aniqlanishicha, u viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur mas`uliyati cheklangan jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida MChJning bekor qilingan guvohnomasini tiklash va soliq idoralari tomonidan 1 mlrd. 950 mln. so`m qo`shilgan qiymat solig`ini olishga qo`yilgan ta`qiq masalasini ijobiy hal qilib berishni va`da qilgan.

DXX Toshkent shahar bo`yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bosh mutaxassisi Mirzo Ulug`bek tumanida yashovchifuqaroga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atmaslik masalasini  yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berish evaziga 6 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. 

Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta inspektori fuqarodan noqonuniy tarzda 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari tomonidan ushlandi. 

Aniqlanishicha, u Jinoyat Kodeksining 251 prim 1-moddasi 3-qismi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumni Navoiy shahridagi 11-sonli jazoni ijro etish muassasasidan Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli jazoni ijro etish muassasasiga ko`chirilishida yordam berishini va`da qilgan. 

DXX Farg`ona viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda esa Farg`ona shahrida yashovchi, 1984 y.t. sobiq harbiy xizmatchi o`zining mansabdor tanishlari yordamida mahalliy fuqaroni ichki ishlar organlari tizimiga ishga kiritib qo`yish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan  vaqtida ushlandi. 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar