Qo`shiqchi Shakira tug`ilgan Barrankilya shahrida uning sharafiga bronza haykal o`rnatildi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Haykaltarosh Yino Markes 2005 yilda Hips don't lie qo`shig`i uchun musiqiy videodan qo`shiqchining raqs harakatini aks ettiruvchi 6,4 metr balandlikdagi haykal yaratdi.
Xonanda o`zining Instagram sahifasida buni ota-onasi bilan baham ko`rishidan xursandligini aytib, post qoldirdi. Shuningdek, u haykal yonida oila a`zolarining fotosuratlarini ham joylashtirdi.
Eslatib o`tamiz, 2022 yilda Shakira Kataloniyaning "Barselona" futbol klubi himoyachisi Jerar Pike bilan sportchining xiyonati tufayli ajrashdi.
Pike va Shakira 2011 yildan beri munosabatda bo`lishgan, ammo nikohni rasmiylashtirmaganlar. Ular Janubiy Afrikada bo`lib o`tgan futbol bo`yicha jahon chempionatida uchrashishgan. O`shanda qo`shiqchi chempionatning madhiyasi bo`lgan Waka Waka qo`shig`iga klip suratga olgan, futbolchi esa suratga olishda ishtirok etgan. Ularning ikki farzandi bor.






